Milliy terma jamoaning Osiyo Kubogi bahslari uchun maxsus o‘yin liboslari taqdim etildi

Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani yakunida O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi bahslari uchun maxsus o‘yin liboslari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Unga ko‘ra, terma jamoaning lisoblari yangicha dizaynda ko‘rinish oldi. Osiyo Kubogi bahslari oldidan O‘zbekiston terma jamoasining yangi liboslari odatiy ranglarini - oq (asosiy) va ko‘k (ikkinchi) saqlab qoldi.
Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston terma jamoasi 10 yanvar kuni KXDRga qarshi uchrashuvda asosiy oq rangdagi liboslarda maydonga tushadi. Xitoy terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yinda Qosimov shogirdlari ko‘k rangda, Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi 3-tur o‘yinida esa oq libosda harakat qilishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing