06:33 / 17.02.2019
4 540

Aleks Fergyuson: "Bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman"

Aleks Fergyuson: "Bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman"
Bugun "Manchester Yunayted" rasmiy tvitteri Ser Aleks "Old Trafford"ga qaytayotganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Fergyuson "Old Trafford"da "Bavariya"ga qarshi xayriya o‘yini mobaynida jamoaga murabbiylik qiladi.

Ushbu bellashuv 26 may kuni bo‘lib o‘tadi va 1999 yilgi trebl (Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasi g‘olibligi)ning 20 yilligiga bag‘ishlanadi. O‘yinni "Manchester Yunayted"ning xayriya fondi tashkillashtirmoqda.

Afsonaviy murabbiy bu haqda fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Men bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman. Bu "Old Trafford"da o‘zgacha kun bo‘ladi. Bir qator tanish chexralar bilan uchrashish ajoyib bo‘ladi. O‘z navbatida, bu "Manchester Yunayted" fondini qo‘llab-quvvatlash uchun yaxshi imkoniyat", - dedi Fergyuson.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleks Fergyuson: "Bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman"