Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga yetdi.
Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:
Oltin medal:
-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To‘rayev – (o‘smirlar o‘rtasida)
Kumush medal:
-54 kg: Bahrom Abdullayev
Bronza medali:
-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salayev.
Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko‘tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko‘ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat