21:37 / 23.02.2019
4 774

"Byornli" - "Tottenxem" uchrashuvida O‘zbekiston reklama qilindi (foto, video)

"Byornli" - "Tottenxem" uchrashuvida O‘zbekiston reklama qilindi (foto, video)
Qayd etish kerak, ushbu o‘yin reklama shitlarida O‘zbekistonga tashrif buyurish reklama qilindi.

Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Bernli” – “Tottenxem” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlabki bo‘limda mehmonlarda vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, mezbon himoya yaxshi o‘yin ko‘rsatib, o‘z darvozalarini dahlsiz qoldira bildirdilar.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasiga kelib esa mezbonlar hatto Vudning goli evaziga hisobda oldinga o‘tib oldilar.
Oradan 8 daqiqa o‘tib, jarohatidan so‘ng maydonga qaytgan Keyn to‘p kiritib, muvozanatni tikladi.
83-daqiqada Barns o‘z goli bilan Lorisni ikkinchi bor ranjitib, “Bernli“ni yana yetakchi keldi. Final hushtagiga qadar 2:1 hisobi tabloda saqlanib qoldi.
Shu tariqa, “Tottenxem” safarda kutilmaganda “Bernli”ga yutqazib qo‘ydi.

Angliya chempionati, 27-tur
Bernli – Tottenxem 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 57 Vud, 1:1 – 65 Keyn, 2:1 – 83 Barns.
Bernli – Xiton, Mi, Bardsli, Tarkovski, Teylor, Xendrik (Breydi, 80), Kork, Vestvud, Vud, Barns, Maknil (Gudmundsson, 80).
Tottenxem – Loris, Rouz, Vertongen, Foyt (Lamela, 76), Ore, Uinks (Lorente, 62), Sissoko, Eriksen, Alderveyreld, Keyn, Son Xin Min.
Ogohlantirishlar: Lorente (65), Foyt (69), Bardsli (72).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Byornli" - "Tottenxem" uchrashuvida O‘zbekiston reklama qilindi (foto, video)