UFC’ning yengil vazndagi amaldagi chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov o‘zining faoliyatidagi ilk boks jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev ma’lum qildi.
“Xabib asta-sekin jangga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. U boks taraqqiyoti markazida mashg‘ulot o‘tkazdi. Biz uning boks jangi o‘tkazish borasidagi taklifimizga javob berishini kutmoqdamiz”, deb aytgan Kremlev.
Avvalroq Kremlev Nurmagomedovning faoliyatidagi ilk boks jangi 2019 yil yozda Moskvada bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan. U dog‘istonlik sportchining raqibi kim bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
2018 yil 14 oktyabrda rossiyalik yakkakurashchi amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezerga ringda jang qilishni taklif qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi