20:37 / 26.02.2019
5 049

Profi boks: Ravshan Muhammadjonov raqibini nokautga uchratdi (foto)

Profi boks: Ravshan Muhammadjonov raqibini nokautga uchratdi (foto)
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan yana bir o‘zbekistonlik bokschi, 19 yoshli Ravshan Muhammadjonov (6-0, 3 KO) Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan boks oqshomida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

O‘rta vazn (-72,58 kg) toifasida kechgan jangda u rossiyalik Dmitriy Gashkovga qarshi ringga chiqdi. Jang avval boshidanoq o‘zbekistonlik sportchi tashabbusida o‘tdi va muddatidan ancha oldin yakuniga yetdi. Ravshan Muhammadjonov 1-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, faoliyatidagi oltinchi g‘alabasini nishonladi.​​

Mazkur boks kechasida yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi:
- Javlonbek Qurbonov – Sergey Tasimov (Estoniya). 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba;
- Akmalxon Jamolxonov – Murad Ramazanov (Rossiya). 4 raundlik jangda ochkolar bo‘yicha yutqazdi;
- Farrux Jo‘rayev – Oleg Kostryukov (Rossiya). 6 raundlik jangda ochkolar hisobiga yutqazdi;
- Humoyun Rustamov esa qo‘lidan jarohat oldi va jang muddatidan avval to‘xtatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Profi boks: Ravshan Muhammadjonov raqibini nokautga uchratdi (foto)