3 287
APL. "Chelsi" "Tottenhem"ni yengdi, "Liverpul" "Uotford"ga javobsiz 5 ta gol urdi va boshqa natijalar
Angliya chempionati 28-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.
Turning markaziy o‘yinida "Chelsi" o‘z maydonida "Tottenhem"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 57-daqiqada Pedro hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada mehmonlar himoyachisi Tripper o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi.
"Liverpul" esa o‘z uyida "Uotford" bilan kuch sinashib, 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Manchester Siti" esa "Vest Hem"ni qabul qilib, Agueroning penaltidan kiritgan goli evaziga g‘olib bo‘ldi.
Chelsi – Tottenhem 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 57 Pedro, 2:0 – 84, avtogol Tripper.
Liverpul – Uotford 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 9 Mane, 2:0 – 20 Mane, 3:0 – 66 Origi, 4:0 – 79 van Deyk, 5:0 – 82 van Deyk.
Arsenal – Bornmut 5:1 (2:1, 3:0)
Gollar: 1:0 – 4 Ozil, 2:0 – 27 Mxitaryan, 2:1 – 30 Musse, 3:1 – 47 Koselni, 4:1 – 59 Obameyang, 5:1 – 78 Lyakazett.
Manchester Siti – Vest Hem 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 59, penalti Aguero.
Kristal Pelas – Manchester Yunayted 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 33 Lukaku, 0:2 – 52 Lukaku, 1:2 – 66 Uord, 1:3 – 83 Yang.
Sauthempton – Fulhem 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 23 Romeu, 2:0 – 40 Uord-Prouz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin