Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Axmadjonov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.
2 mart kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi oʻz ishini boshladi. Birinchi kuni Osiyo Olimpiya kengashining ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qoʻmitasi va doimiy komissiyasiga aʼzolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qoʻllab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻldi”, deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.
«Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga gʻurur bagʻishlaydi, shu bilan birga bu katta masʼuliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qoʻmitasi aʼzolari safidan oʻrin olishdir. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman«, – degan Umid Ahmadjonov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi