5 183
“Men penalti bermagan boʻlardim, lekin...” – dunyo hakamlari “PSJ” - “MYU” oʻyini muhokamasida (video)
“PSJ” hamda “Manchester Yunayted” oʻyini taqdirini 90+2-daqiqada belgilangan penalti hal qilganini koʻrdingiz. Muxlislar “PSJ” darvozasiga belgilangan oʻsha penaltini keng muhokama qilishdi. Kimdir penalti bor edi deyapti, kimdir esa himoyachining qoʻli tabiiy holatda boʻlganini aytmoqda. Bu borada hakamlar nima deydi?
Saudiya Arabistoni ligasida hakamlik korpusini bosharuvchi angliyalik mashhur hakam Mark Klattenburg “Daily Mail” nashridagi kolonkasida ushbu vaziyat boʻyicha fikrlarini bildirib oʻtdi.
«Damir Skomina oʻsha vaziyatda penalti berib, xato qildi deyish toʻgʻri emas. Chunki hakam UYEFAning yangi qoidalariga koʻra toʻgʻri qaror qabul qildi. Masalan, men Premyer-Liga oʻyinlarida bu holat uchun penalti bermagan boʻlardim. Chunki Kimpembe qoʻli bilan ataylab oʻynagani yoʻq. Biroq penalti Chempionlar Ligasi oʻyinida belgilandi.
UYEFA qoʻl tanaga yopishib turmagan har qanday holatda ehtiyotsizlik uchun penalti berilishini talab qilmoqda. Rasmiylarning qarorlarini hurmat qilish kerak. Hakam vaziyatni sekinlashtirgan lavhada koʻrganini ham unutmaslik kerak. Futbolchi teskari qaragan vaqtda qoʻlini nazorat qila olmaydi, lekin yana takrorlayman, hakam UYEFAning yangi talablariga koʻra qaror chiqargan», deydi Klattenburg.
“CBS Sports” nashri jurnalisti Rojer Gonsales Jahon chempionati finalini boshqargan hakam bilan bu borada gaplashganini yozdi. U hakamning kim ekanini aytmagan, lekin gap katta ehtimol bilan 2010 yilgi mundial finalini boshqargan Hovard Uebb haqida ketmoqda. Xullas, oʻsha “sirli” hakamning fikricha, “PSJ” darvozasiga penalti haqli tarzda belgilangan:
“Siz oʻyin oxirida bunday holat uchun penalti berilishi kerakmi deyapsiz, lekin hakam vaziyat qachon sodir boʻlganiga eʼtibor bermasligi kerak. 1-daqiqami, 90-daqiqami, buning farqi yoʻq. Penalti haqida gapiradigan boʻlsam, bu yerda hakam shubhasiz toʻgʻri qaror qabul qildi”.
Penalty or no penalty? ????#PSGMUN #PSGMUFC pic.twitter.com/HDmR4qBPlI
— Sports News (@FIFAWCGoals) March 6, 2019
Angliyada jurnalist va ekspertlar katta oʻyinlardan keyin undagi vaziyatlarni atroflicha muhokama qilishadi. Albionda eng mashhur futbol eksperti Gari Lineker ekanini bilasiz. Lineker “BT” telekanalidagi oʻyindan keyingi shouga Rio Ferdinand, Mayl Ouen kabi futbolchilar va bir necha hakamni taklif qildi. Keling, ularning ham fikrlariga quloq tutsak.
“Xolis boʻlib gapiradigan boʻlsam, menimcha, bu penalti emas. Toʻp shunchaki uning qoʻliga tegib, burchakka qarab ketdi”, deydi ham “MYU”, ham uning azaliy raqibi “Liverpul”da oʻynagan sobiq futbolchi Maykl Ouen.
“Toʻgʻri, men bu holatni penalti emas degan boʻlardim, lekin himoyachi sifatida toʻpga orqangni qaratdingmi, buning uchun jazolanasan”, deydi “MYU”ning sobiq sardori Rio Ferdinand.
“Kimpembe toʻpga teskari turgan boʻlsa-da, qoʻl harakati bilan tanasini kattaroq qildi, yaʼni qoʻl toʻpni toʻsish uchun ishlatildi. Bu shubhasiz qoʻl bilan oʻyin edi. VAR menimcha, faqat vaziyat jarima maydonchasi ichida sodir boʻldimi yoki tashqarisidami degan savolga javob olish uchun ishlatildi”, deydi sobiq hakam Peter Uolton. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?