date
views 4 471

“Barselona” sardori Lionel Messi Ronalduning qahramonligiga tan berdi

“Barselona” sardori Lionel Messi Ronalduning qahramonligiga tan berdi
“Barselona” sardori Lionel Messi YECHL 1/8 finalining “Lion”ga qarshi javob oʻyini (5:1) taassurotlari bilan oʻrtoqlashib, ertaga boʻlib oʻtadigan qurʼa va “Yuventus”dagi hamkasbi Krishtianu Ronalduning “Atletiko” bilan bahsdagi xet-trigi toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtdi.

“Hisob 2:1 boʻlib turganida qanchadir vaqt qiynalib oʻynashimizga toʻgʻri keldi, bunga qadar «Lion” bizga xavf tugʻdirmayotgandi. Baxtimizga, uchinchi toʻpni kiritdik va yana oʻyin nazoratini qoʻlimizga oldik.

Qurʼadagi potensial raqiblarimizning barchasi kuchli jamoalar. Oʻsha “Ayaks” ham hech kimdan qoʻrqmaydigan yosh isteʼdodlar bilan oʻta kuchli jamoa ekanini isbotladi.

Kecha oqshom Ronaldu va “Yuventus” qilgan ishga aql bovar qilmaydi. “Atletiko”ga bas kelish qiyinroq boʻladi, deb oʻylagandim. Bu Krishtianu uchun moʻjizaviy oqshom boʻldi», – degan Messi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu bahsda Leo 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi. U toʻpurarlar roʻyxatida musobaqani tark etgan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bilan birga peshqadamlik qilmoqda – har ikkisining hisobida 8 tadan gol bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” sardori Lionel Messi Ronalduning qahramonligiga tan berdi