
Portugaliyaning “Nasonal” klubi hujumchisi Sardor Rashidov Xitoyda oʻtadigan musobaqa uchun Oʻzbekiston milliy jamoasi tarkibiga chaqirilmay qoldi. Bosh murabbiy Ektor Kuperning maʼlum qilishicha, viza bilan bogʻliq muammo tufayli Rashidov kela olmagan.
Sardor Rashidovni hech kim milliy jamoadan chetlatib qoʻygani yoʻq. Biz uni chaqirishni istagan edik, ammo viza bilan bogʻliq muammolar tufayli buning iloji boʻlmadi.
Umuman, hech bir futbolchi terma jamoadan chetda emas. Oʻzi koʻrsatganlarni albatta chaqiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar