
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu UYEFA rasmiy saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida Chempionlar ligasining shu haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik yetakchi YECHL 1/8 finalining javob “Atletiko”ga qarshi javob oʻyinida (3:0) het-trik qayd etgan va “byankoneri”ning ilk oʻyindagi 0:2 magʻlubiyatidan keyin kambek amalga oshirishiga katta hissa qoʻshgandi.
Musobaqada haftaning eng yaxshi futbolchisi boʻlishga Ronaldudan tashqari “Barselona” sardori Lionel Messi, “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Leroy Sane ham daʼvogarlik qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, seshanba-chorshanba kunlari YECHLda quyidagi toʻrtta uchrashuv boʻlib oʻtdi: “Yuventus” — “Atletiko” (3:0), “Manchester Siti” — “Shalke” (7:0), “Barselona” — “Lion” (5:1), “Bavariya” — “Liverpul” (1:3). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar