
16 mart, shanba kuni futbol boʻyicha Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida kunning soʻnggi 2 ta uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Yuventus”ga magʻlub boʻlgan Diyego Simeone boshliq Madridning “Atletiko” klubi “Atletik Bilbao” maydoniga safar qildi.
Bellashuvning 73-daqiqasida mezbon jamoa aʼzosi Inaki Uilyams hisobni ochgan boʻlsa, 85-daqiqaga kelib Kenan Kodro Yan Oblak qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol qildi (2:0).
Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Atletik Bilbao”ga magʻlub boʻldi va 3 ochkodan mahrum boʻldi.
La Liga
28-tur bahslari
“Atletik Bilbao”—“Atletiko Madrid” 2:0
Gollar: 1:0 — 73 Uilyams, 2:0 — 85 Kodro
“Atletik Bilbao”: Errerin, de Markos, Nunes, Alvares, Berchiche, Mikel, Garsiya, Gomes (Lekue, 90), Raul Garsiya (Kodro, 85), Muniain (Kordoba, 71), Uilyams
“Atletiko Madrid”: Oblak, Xuanfran (Korrea, 80), Ximenes, Godin, Nyiges, Grizmann, Tomas, Ernandes, Koke, Kosta, Morata
Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (37), Ernandes (45), Mikel (77), Alvares (82).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar