
Yevropa chempionati-2020 saralash bosqich 2-turida Italiya terma jamoasi Lixtenshteyn futbolchilarini qabul qildi va javobsiz 6 ta toʻp kiritishdi.
Italiya terma jamoasi safida bittadan gollarni Stefano Sensi, Marko Veratti, Moyz Kin, Leonardo Pavoletti kiritishdi. Fabio Kvalyarella esa penaltidan ikki marotaba aniq foydalanib dubl qayd etib qoʻydi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtda Lixtenshteyn himoyachisi Daniel Kaufman qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.
Yevro-2020 Saralash bosqichi 2-tur
Italiya – Lixtenshteyn 6:0 (4:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Sensi, 2:0 – 32 Verratti, 3:0 – 35, penalti Kualyarella, 4:0 – 45, penalti Kualyarella, 5:0 – 69 Kin, 6:0 – 76 Pavoletti.
Italiya – Sirigu, Romanoli, Bonuchchi (Isso, 79), Manchini, Jorjino (Dzanolo, 57), Spinassola, Verratti, Sensi, Politano, Kin, Kualyarella (Pavoletti, 72).
Lixtenshteyn – Byuxel, Kaufmann, Geppel, Xofer, Volfinger, Vizer, Polverino, Zele (Malin, 46), Salanovich (Byuxel, 82), Xasler, Kyune (Mayer, 68).
Ogohlantirishlar: Xasler (34), Isso (90).
Chetlatish: Kaufmann (45).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar