
26 mart, seshanba kuni FIFA kunlari doirasida bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Shu kuni Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi safarda Marokash bilan oʻynadi.
Bellashuvning 83-daqiqasida Anhel Korrea marokashliklar darvozasiga gol urdi va jamoasiga gʻalaba keltirdi. Eslatib oʻtamiz, Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi Venesuelaga qarshi kechgan oʻyinda (1:3) jarohat olganligi sabab mazkur oʻyinda maydonga tushmadi.
23 mart kuni boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida Panama bilan durang oʻynagan (1:1) Braziliya terma jamoasi safarda Chexiya termasi bilan kurash olib bordi.
Oʻyinda mezbon jamoa aʼzosi Devid Pavelkaning 37-daqiqada kiritgan goliga Janubiy Amerika vakillari Roberto Firmino (49), Gabriel Jezusning (83, 90-daqiqalar) gollari bilan javob qaytardi (3:1).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar