
Kecha Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro olimpiya qoʻmitasi(XOQ)ning navbatdagi majlisi boshlandi. Ushbu yigʻilish ertaga yakuniga yetadi.
Unda boks sport turini “Tokio-2020” Olimpiada oʻyinlari dasturida saqlab qolish masalasi ham koʻrib chiqiladi. Bu haqda “Hordiq” nashri xabar berdi.
Xalqaro boks uyushmasi(AIBA) maqomi masalasi esa 28 mart kuni koʻrib chiqiladi. Shu kuni maxsus komissiya tashkilotda olib borilgan islohotlar haqida hisobotni taqdim etadi.
XOQ 2018 yil 30 noyabr kuni boʻlajak Olimpiada oʻyinlarida boks turnirini oʻtkazish rejalarini “muzlatib” qoʻygan edi. Bu Gʻofur Rahimovning AIBA prezidenti etib saylanishiga javoban qilingandi. Buni XOQ Gʻ.Rahimov AQSH moliya vazirligi sanksiyalari qoʻllaniladigan shaxslar roʻyxatiga kiritilgani bilan izohlagan.
Oʻtgan hafta, Gʻofur Rahimov AIBA prezidentligidan isteʼfoga chiqqanini maʼlum qildi.
25 mart kuni Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzodini ilgari surishi mumkinligini maʼlum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar