
Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov hafta boshida Xitoyga qarshi oʻyinda jarohat olganidan soʻng uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
«Alhamdulillah. Men uchun qaygʻurib, qoʻllab-quvvatlab turgan barchaga cheksiz rahmat.
Bu – futbol, jarohatlar esa uning bir qismi. Hali oyoqqa turib, yana ham kuchliroq boʻlib qaytaman.
Jamoam @SharjahFC esa mening yoʻqligimni bildirmaydi va biz oxirigacha kurashamiz. Insha Allah», – deb yozdi Shukurov Twitter sahifasida.
Otabekning klubi “Sharja” uning bu tvitiga javoban tezroq sogʻayib ketishini tilab, post yozdi. “Biz oxirigacha kurashamiz” deyilgan postga BAA jamoasi quyidagi suratni ilova qilgan.
Alhamdulillah.
— Otabek Shukurov (@OShukurov19) March 27, 2019
I admire very much everyone who cares and supports me.
That's football and injuries are part of it. I'll get well soon and come back stronger.
My @SharjahFC is not a one-man-team and we'll always fight till the end with/without me.
Insha Allah.
Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli xavbek 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida “China Cup” musobaqasining 3-oʻrni uchun mezbonlarga qarshi kechgan bahsning (1:0) birinchi boʻlimida jarohat olgandi. Natijada u shifoxonaga olib ketilgan, oʻng oyogʻi boldir suyagi pastidan singani maʼlum boʻlgach, gips qilingandi. Endi u ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Avvalroq Otabekning jarohat olishiga sababchi boʻlgan xitoylik hujumchi Vei Shixao uni koʻrgani Oʻzbekiston milliy jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Maʼlum boʻlishicha, Shixaoning klubi “Guanchjou Evergrand” uni bu harakati uchun bir oyga jamoadan chetlatish bilan jazolagan. U fevral oyida shu klub safiga oʻtgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar