Biroz avval Ozarbayjon poytaxtida boks boʻyicha davom etayotgan xalqaro musobaqaning yarim final bellashuvlari yakunlandi. Dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlaridan kelgan charm choʻlqop ustalari ishtirokida kechayotgan musobaqada vakillarimizdan 5 nafari final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. Bugungi bahslar natijasi bilan tanishing:
-49 kg: Jasurbek Latipov – Shalkar Ayxinbay (Qozogʻiston)
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Yermek Madiyev (Qozogʻiston)
-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov – Oljas Bayniyazov (Qozogʻiston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Javid Chalabiyev (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Tamerlan Magomedov (Rossiya)
-81 kg: Xurshid Abdullayev – Rauf Rahimov (Ozarbayjon)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Yunus Balla (Marokash)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Shigabudin Aliyev (Rossiya)
Yarim finalda imkoniyatni boy bergan bokschilarimiz bronza medaliga ega boʻlishadi. Taʼkidlash joiz, bugungi bahsdan avval Hasanboy Doʻsmatov kichik jarohat olgani uchun murabbiylar unga jang olib borishga ruxsat berishmadi. Ertaga boʻlib oʻtadigan hal qiluvchi bellashuvlarda yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi