
Ozarbayjon poytaxti Bokuda “Buyuk ipak yoʻli” nomli boks boʻyicha xalqaro musobaqa oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Bugun finalda jang qilgan oʻzbekistonlik bokschilardan Iqbol Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov (-91 kg) va Obid Tohirov (+91 kg) raqiblarini magʻlub etib, oltin medal sohibi boʻlishdi.
Finalda ishtirok etgan vakillarimiz:
-49 kg: Nodir Mirzaahmedov – Shalkar Ayxanbay (Qozogʻiston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammed Xamud (Marokash)
-69 kg: Iqbol Xoldorov – Maulen Oskayenbek (Qozogʻiston)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Rohil Mamadli (Ozarbayjon)
+91 kg: Obid Tohirov – Danil Semyonov (Qozogʻiston).
Oʻzbekistonlik bokschilarining qayd etgan natijasi:
Iqbol Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodir Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukur Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasur Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullayev (-81 kg) – bronza.
Kecha, 31 mart kuni oʻtkazilgan yarim final bahslaridan keyin Jasur Latipov (-49 kg), Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg) va Xurshid Abdullayev (-81 kg) bronza medali egasiga aylanishgandi. Delegatsiyamiz ertaga, 2 aprel kuni tunda Toshkentga qaytib keladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar