
16-27 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar oʻntadan (erkaklar – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg), (ayollar – 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81 kg ) vazn toifasida oʻtkaziladi.
Qitʼa birinchiligiga delegatsiyamiz quyidagi tarkibda yoʻl oladi:
Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Doʻsmatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboyeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 54 kg: Tursunoy Rahimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzayeva
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Meliyeva
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova
- 81 kg: Eʼzoza Meliyeva
Taʼkidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentabr-oktabr oylarida Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga beriladigan yoʻllanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, oʻz navbatida Olimpiya oʻyinlari litsenziyalari oʻynaladigan musobaqa hisoblanadi. Shu bois, mamlakat federatsiyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka joʻnab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari boʻyicha 1-raqamli sportchilarni, yaʼni Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritish uchun asosiy daʼvogar charm qoʻlqop ustalarini saralab olishga eʼtibor qaratishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar