
Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe haqida iliq fikrlarni aytdi.
«Mbappe hali futbol qiroli emas. Bunga erishish uchun koʻp sinovlardan oʻtishi kerak. Ammo u hali juda yosh va oʻz yoʻlini endi boshladi.
Unga jismoniy holatini maromida ushlab turishni maslahat bergan boʻlardim. Uning texnikasi yaxshi, biroq, jismoniy holat zamonaviy futbolchi uchun juda muhim omil.
Unga nima yetishmayapti? Boshi bilan oʻynash, havodan zarba berish, shuningdek dinamika. Ikkimizning oramizdagi farqlar shu. Men juda tezkor edim, baland sakrab, bosh bilan koʻplab gollarni urardim.
Mbappe “PSJ”ni tark etishi shartmi? Yoʻq. Oʻzim bilan taqqoslaydigan boʻlsam, Pele dunyoning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun hech qachon “Santos”ni tark etmagan», - dedi Pele. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar