date
views 2 437

Messi yangi rekord o‘rnatdi

Messi yangi rekord o‘rnatdi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi g‘alabali o‘yinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

6 aprelda “Barsa” Primeraning 31-turida “Atletiko” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. To‘plardan biriga mualliflik qilgan Messi uchun bu g‘alaba ispan futboli oliy divizionidagi 447-uchrashuvidagi 335-g‘alaba bo‘ldi.

31 yoshli futbolchi bu borada “Real”ning sobiq darvozaboni, hozirda “Portu” a’zosi bo‘lgan Iker Kasilyasni (334 ta g‘alaba) ortda qoldirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi yangi rekord o‘rnatdi