Toshkent vaqti bilan ertaga tongda, AQShda hamyurtimiz Bahodir Jalolov “NABF Junior Heavyweight Title” kamari uchun amerikalik Brendan Barretga qarshi jang qiladi. Bugun mazkur jang oldidan bokschilar vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Barret shu paytgacha 11 marta jang olib borgan bo‘lib, 7 bor g‘alaba qozongan, shuningdek, uning hisobida 2 tadan mag‘lubiyat va durang ham mavjud. Hamyurtimiz uchun bu oltinchi jang bo‘ladi. Jalolov avvalgi barcha bellashuvlarda muddatidan avval raqiblarini yer tishlatgan. Bo‘lajak jangga Nyu-York shahri mezbonlik qilib, bahs Toshkent vaqti bilan ertaga ertalab boshlanadi.
Quyidagi havola orqali ushbu vazn o‘lchash marosimi aks etgan VIDEOni ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi