
Yevropa Ligasi musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
“Arsenal” klubi o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 14-daqiqada Aaron Remsi londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 25-daqiqada Kalidu Kulibali o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Yevropa Ligasi
Chorak final, ilk o‘yin
Arsenal Angliya – Napoli Italiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 14 Remzi, 2:0 – 25, avtogol Kulibali.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (El-Nenni, 77), Meytlend-Naylz, Remzi, Ozil (Mxitaryan, 67), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 67).
Napoli – Meret, Maksimovich, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski, Allan, Kalexon, Fabian Ruis (Una, 82), Insine (Yunes, 82), Mertens (Milik, 66).
Ogohlantirish: Xyusay (46).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar