
Yevropa Ligasi musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
“Vilyarreal” va “Valensiya” o‘rtasidagi o‘yinda mehmonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Gonsalu Gedesh mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 36-daqiqada Santi Kasorla penaltini aniq bajarib muvozanatni tikladi.
Barchasi durang natijaga qarab ketayotgan bir vaqtda Daniel Vass va Gedesh hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda yana ikkita gol urib mehmonlarga ishonchli g‘alabani taqdim etishdi.
Yevropa Ligasi
Chorak final, ilk o‘yin
Vilyarreal Ispaniya – Valensiya Ispaniya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Gedesh, 1:1 – 36, penalti Kasorla, 1:2 – 90 Vass, 1:3 – 90+3 Gedesh.
Vilyarreal – Fernandes, Alvaro Gonsales, Kintilya, Mario Gaspar (Pedrasa, 80), Ruis, Kaseres (Morlanes, 72), Kasorla, Iborra (Bakka, 67), Chukvueze, Fornals, Moreno.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Ronkalya (Pichchini, 58), Gabriel, Ferran Torres (Koklen, 61), Parexo, Vass, Gedesh, Rodrigo, Gameyro (Cherыshev, 69).
Ogohlantirishlar: Kasorla (28), Gayya (39), Alvaro Gonsales (62), Kintilya (84).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar