
Yevropa chempionlar ligasida yarim finalga yoʻl olgan dastlabki jamoaning nomi aniq boʻldi.
“Barselona” klubi chorak finalda “Manchester Yunayted”ga qarshi ikkita bahsda raqibdan ustun keldi. Ayniqsa, bugungi javob oʻyinida “koʻk-anorranglilar” yirik hisobda gʻalaba qozonishdi.
“Barselona” yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Jamoa final yoʻllanmasi uchun kurashda “Liverpul” - “Portu” juftligi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.
Yevropa chempionlar ligasi, chorak final, javob oʻyini
Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutino.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirish: Suares (77).
Birinchi oʻyin – 1:0 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar