date
views 2 984

Mo‘’jiza bo‘lmadi. "Barselona" o‘zida "Manchester Yunayted"ni tor-mor keltirdi (video)

Mo‘’jiza bo‘lmadi. "Barselona" o‘zida "Manchester Yunayted"ni tor-mor keltirdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan "Barselona" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin kutilganidek maydon egalarining total ustunligida boshlandi, katalonlar 16-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Eshli Yangning qanotdagi xatosidan so‘ng Lionel Messi to‘pni egallab oldi va markaz tomon yurib darvozani aniq nishonga oldi.

Oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar ikkinchi golni urishdi, yana himoyadagi palapartishlikdan so‘ng Messi to‘pni qabul qilib oldi va o‘sha nuqtadan darvoza tomon kuchsiz zarba yo‘lladi, mazkur zarbani kutilmaganda David De Xea ushlab qola olmadi.

Tanaffusga qadar mankunianlarda bir-ikkita vaziyatlar bo‘ldi, biroq maydon egalari darvozasi dahlsiz qoldi. 61-daqiqada hisob yirik ko‘rinishga keldi. Xordi Albaning uzatmasidan so‘ng Filippe Koutino yana uzoq masofadan De Xeani dog‘da qoldirdi.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar himoyani mustaxkam ushlashdi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.
Shu tariqa, “Barselona” musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda "Liverpul" - "Portu" juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutino.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirish: Suares (77).
Dastlabki o‘yin – 1:0.

De Xeaning qo‘pol xatosidan keyin yuzaga kelgan golni qayta tomosha qiling:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mo‘’jiza bo‘lmadi. "Barselona" o‘zida "Manchester Yunayted"ni tor-mor keltirdi (video)