date
views 3 109

YChL yarim finali uchun: «Man Siti» - «Tottenhem», «Portu» - «Liverpul» bahs yuritadi

YChL yarim finali uchun: «Man Siti» - «Tottenhem», «Portu» - «Liverpul» bahs yuritadi
17 aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining navbatdagi 2 ta javob uchrashuvi o‘tkaziladi.

Ya’ni juftliklarning birida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi «Liverpul» jamoasi safarda Portugaliyaning «Portu» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar musobaqa 1/4 finalining ilk o‘yinida «Enfild»da «Portu» darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Shuningdek bugun Xosep Gvardiola boshliq «Manchester Siti» o‘z maydonida Angliyaning boshqa bir jamoasi «Tottenhem»ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, «mankunianlar» mazkur bosqichning dastlabki o‘yinida mehmonda «shporlar»ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YChL yarim finali uchun: «Man Siti» - «Tottenhem», «Portu» - «Liverpul» bahs yuritadi