
Bangkokda o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan besh nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Dastlab -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik Daichi Xasebeni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Shundan keyin -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov KXDR vakili Chol Man Chodan ustun keldi.
Kechki dasturda esa Osiyo o‘yinlari chempioni Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) qirg‘izistonlik Almanbet Alibekovga qarshi ringga chiqdi va yaqqol ustunlik bilan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
So‘ng Shunqor Abdurasulov turnirdagi ikkinchi jangini pokistonlik Amir Masudga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alaba bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Terma jamoaning eng nomdor vakillaridan Isroil Madrimov (-75 kg) dastlabki jangida ortiqcha qiyinchiliksiz vetnamlik Trung Vuni mag‘lub etdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa -54 kg vaznda Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga yutqazgan bo‘lsa, -69 kg vaznda Shahnoza Yunusova tojikistonlik Nilufar Boboyorovani mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar