Italiya chempionatida 33-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. «Yuventus» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
6-daqiqada Milenkovich gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada himoyachisi Aleks Sandro hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Petsselya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» musobaqa yakunlanishiga 5 tur qolganida 87 ochko bilan muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi «Napoli»ni 20 ochko ortda qoldirmoqda.
«Yuventus» o‘z tarixida 35-marta va qatorasiga 8-marta Italiya chempioni bo‘ldi.
A Seriya, 33-tur
Yuventus – Fiorentina 2:1
20 aprel, «Alyans Stedium» stadioni
Gollar: 0:1 – 6 Milenkovich, 1:1 – 37 Aleks Sandro, 2:1 – 53, avtogol Petsselya.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Bonuchchi, Joau Kanselu, Aleks Sandro, Matyuidi, Jan, Kuadrado, Pyanich (Bentankur, 65), Bernardeski (Ken, 74), Ronaldu.
Fiorentina – Lafon, Milenkovich, Chekkerini, Petsselya, Gansko, Dabo, Benassi (Jerson, 73), Keza (Muriel, 66), Veretu, Miralyas (Fernandesh, 80), Simeone.
Ogohlantirish: Jerson (80).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi