
Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kuni vakillarimiz uchun yakunlandi. Bu kun dasturida chorak final bellashuvlarini qamrab qolgan birinchi kun janglari o‘tkazildi. Unda terma jamoamizning 4 nafar vakili yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu esa ularning har birida kamida bronza medali bor degani. Bugungi natijalar:
Kunduzgi dastur natijalari
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Xampxouvan Xamsatone (Laos)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Chatchai Budte (Tailand)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Shaxnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)
-81 kg: E’zoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)
Kechki dastur natijalari
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Amit Pangal (Hindiston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston)
Ertaga chorak finalning qolgan bellashuvlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda MOQ. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar