Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekistonning yana ikki vakili yarim finalga chiqdi.
Avvaliga -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobo Usmon Boturov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov bilan jang qildi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Jangning uchinchi raundida ikki bokschining ham qoshi yorilib ketdi, natijada referi jangni to‘xtatdi. Bu vaqtga kelib o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobiga oldinda edi va hakamlar uning g‘alabasini qayd etishdi. Baturov endi yarim finalda jang qiladi.
+91 kg vazn toifasida ringga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov xitoylik Haipeng Muniga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga ustun keldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Mavluda Mavlonova Xitoy taypeyilik Vei-Siyen Lin bilan jang o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. -60 kg vazn toifasi vakili Rayhona Qodirova ham turnirni erta tark etdi, u chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Namuun Monxorga yutqazib qo‘ydi.
Shu tariqa, Osiyo chempionatiga 20 nafar sportchi bilan yo‘l olgan O‘zbekiston jamoasidan faqat 8 nafari yarim finalga chiqdi - Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Bobo Usmon Baturov (-69 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg), Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg), Shahnoza Yunusova (-57 kg). Turnirda sovrindor bo‘lishi kutilgan Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-64 kg), Dilshodbek Ro‘zmetov (-81) va Isroil Madrimov (– 75 kg) kabi bokschilar turnirdagi ishtirokini yakunlab bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi