
"PSJ" klubi yarim himoyachisi Neymar o‘zining nima sababdan "Barselona"dan ketgani haqida gapirib o‘tdi.
"Dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishni orzu qilaman, lekin oddiygina bir istak emas. O‘ylaymanki, hozir eng zo‘ri Messi. Aynan o‘yin borasida. U boshqacha o‘yin namoyish qiladi, bu Messi.
Men "Barselona" klubini yangi g‘alaba va sinovlar uchun tark etdim. Yangilik istab o‘zim uchun qulay sharoitlarni tashlab ketdim. Lekin men "Barselona" o‘yinlarini kuzatib boraman va hozirgacha sobiq jamoadoshlarim bilan suhbatlashamiz.
Ketdim, chunki ko‘proq sinovlar kerakligini tushunib yetdim", - deydi Neymar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar