
«Barselona» Primeraning 35-turida «Levante»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona g‘alaba to‘pini ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushgan Lionel Messi 62-daqiqada urdi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, katalonlar klubining bu sovrini Messiga unikal natija qayd etish imkonini berdi. «Barselona» tarixida hech bir futbolchi 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lishga erishmagan.
Messi «Barselona» safida 2003 yildan buyon (futbolchilik faoliyatini boshlaganidan buyon) to‘p surib kelmoqda. Ushbu argentinalik futbolchi ayni vaqtga qadar ko‘k-anorranglilar klubi bilan jami 34 sovrin qo‘lga kiritgan, ular orasida 6 marta Ispaniya Kubogi, 8 marta Ispaniya Superkubogi, 4 marta Chempionlar ligasi kubogi, 3 marta UYeFA Superkubogi, shuningdek, uch bor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi bor.
BarselonaLionel MessiIspaniya ChempioniFutbol TarixiKatalonlar KlubiChempionlar Ligasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar