date
views 2 725

Ular uddalashdi! “Manchester Siti” – Angliya chempioni! (video)

Ular uddalashdi! “Manchester Siti” – Angliya chempioni! (video)
Angliya chempionatining so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan “Brayton” – “Manchester Siti” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Falmer” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “shaharliklar” irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv kutilganidek mehmonlarning ustunligida boshlandi, biroq dastlabki bosimlarni mankuninalar golga aylantira olishmadi. Mezbonlarning ilk xavfli hujumi esa gol bilan yakunlandi, 27-daqiqada Glenn Myurrey burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.

Biroq mehmonlar bunga darhol javob qaytarishdi, David Silvaning chiroyli uzatmasidan so‘ng Serxio Aguero to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va darvozani ishg‘ol qildi.

38-daqiqada “Siti” ikkinchi golni urdi, burchakdan uzatilgan to‘pni Emerik Lyaport kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 63-daqiqada Riyod Mahrez jarima maydoni tashqarisida himoyachini aldab o‘tib zarba yo‘lladi va chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Qolgan vaqtda ham manchesterlik futbolchilar faollikni kamaytirishmadi. 72-daqiqada Ilkay Gyundogan jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa, Pep Gvaridola shogirdlari ochkolarini 98 taga yetkazgan holda navbatdagi chempionlikni nishonlashdi.

Brayton – Manchester Siti 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar:
1:0 – 27 Myurrey, 1:1 – 28 Aguero, 1:2 – 38 Laport, 1:3 – 63 Marez, 1:4 – 72 Gyundogan.
Brayton – Rayan, Dank, Bernardo, Daffi, Saltor (Montoyya, 84), Kayyal, Knokert, Gross, Bissuma, Djaxanbaxsh (Lokadiya, 67), Myurrey (Andone, 68).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Uoker (Danilo, 88), Kompani (Otamendi, 86), Zinchenko, Silva (de Bryuyne, 78), Gyundogan, Marez, Bernardu Silva, Sterling, Aguero.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ular uddalashdi! “Manchester Siti” – Angliya chempioni! (video)