date
views 2 474

Angliyada mavsum tugadi. YeChL va Yevropa Ligasi ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Angliyada mavsum tugadi. YeChL va Yevropa Ligasi ishtirokchilari aniq bo‘ldi
Angliya chempionatida 38-tur o‘yinlari o‘tkazildi va 2018-19 yilgi mavsum yakunlandi.
Angliya chempionatining 38-turida «Manchester Siti» «Brayton» mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

«Manchester Siti» ochkolari sonini 98taga yetkazdi va o‘z tarixida 4-marta Angliya chempioniga aylandi.
«Shaharliklar» ketma-ket ikki marta APLni yutgan «MYu» va «Chelsi»dan keyingi uchinchi jamoaga aylandi.

Parallel kechgan uchrashuvda «shaharliklar»ning chempionlik uchun asosiy raqobatchisi «Liverpul» «Vulverhempton»ni Sadio Manening dubli evaziga mag‘lub etdi - 2:0. Yurgen Klopp jamoasi 97 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

«Arsenal» safarda Per-Emerik Obameyangning dubli va Nketiyaning bir goli evaziga «Byornli»dan ustun keldi (2:1), «Chelsi» «Lester» maydonida golsiz durang o‘ynadi, «Tottenhem Hotspur» o‘z maydonida «Everton»ni yenga olmadi — 2:2.

«Manchester Yunayted» esa «Old Trafford»da «Kardiff Siti»ga mag‘lub bo‘ldi (0:2).

Angliya chempionati turnir jadvalida «Manchester Siti» (98) va «Liverpul»dan (97) keyingi o‘rinlarni «Chelsi» (72) va «Tottenhem» (71) egalladi. Bu 4 jamoa keyingi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashadi.

«Arsenal» esa 70 ochkosi bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa joylashdi, «Manchester Yunayted» mavsumni 6-pog‘onada (66) yakunladi. Endi «Arsenal» Yevropa Ligasi finalida g‘alaba qozonib (29 may kuni «Chelsi»ga qarshi final o‘yini), YeChLga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin, aks holda keyingi mavsumda ham Yevropa Ligasida ishtirok etadi. «MYu» esa ayni vaqtda Yevropa Ligasi saralashida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan. Agar Angliya Kubogi finalida «Siti» «Uotford»ni mag‘lub etsa, «MYu» Yevropa Ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi, «Vulverhempton» saralash bosqichida qatnashadi.

Mavsumni 18-20-o‘rinlarda yakunlagan «Kardiff», «Fulhem» va «Haddersfild» keyingi mavsumda Chempionshipda ishtirok etadi. Ushbu jamoalarning o‘rnini Chempionshipda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan «Norvich» va «Sheffild Yunaytde» hamda pley-off g‘olibi egallaydi. Pley-offning yarimfinalidagi birinchi o‘yinlarda «Lids» «Derbi Kaunti»ni (1:0), «Aston Villa» «Vest Bromvich»ni mag‘lub etgan (2:1).

Kristal Pelas – Bornmut 5:3 (3:1, 2:2)
Gollar:
1:0 – 24 Batshuayi, 2:0 – 32 Batshuayi, 3:0 – 37, avtogol Simpson, 3:1 – 45 Lerma, 3:2 – 56 Ayb, 4:2 – 65 van Anxolt, 4:3 – 73 King, 5:3 – 80 Taunsend.
Kristal Pelas – Guaita, Kelli, van Anxolt, Uan-Bissaka, Uord, Milivoyevich, Taunsend (Driyer, 90), Mayer, Makartur, Zaa (Sako, 87), Batshuayi (Uikxem, 89).
Bornmut – Trevers, Kuk, Smit, Klayn (Serridj, 89), Ake, Ayb (Musse, 70), Lerma, King, Freyzer, Simpson (Mifem, 70), Uilson.
Ogohlantirishlar: Milivoyevich (63), Makartur (69), Zaa (79).

Fulhem – Nyukasl 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar:
0:1 – 9 Shelvi, 0:2 – 11 Peres, 0:3 – 61 Sher, 0:4 – 90 Rondon.
Fulhem – Riko, Brayen, Kristi (Babel, 65), Le Marshan, Chembers, Sessenon (Kebano, 81), Kerni, Ayite (Elliot, 74), Zambo-Angissa, Mouson, Mitrovich.
Nyukasl – Dubravka, Sher, Dammett (Kenedi, 81), Lassels, Atsu (Muto, 66), Ritchi, Diame, Xeyden (Fernandes, 69), Shelvi, Rondon, Peres.
Ogohlantirish: Brayen (59).

Lester – Chelsi 0:0 (0:0, 0:0)
Lester – Shmeyxel, Chiluell, Rikardu Pereyra, Evans, Maguayr, Ndidi (Okadzaki, 66), Tilemans, Chouduri, Olbrayton (Simpson, 76), Meddison (Barns, 84), Vardi.
Chelsi – Kabalero, Dzappakosta, Aspilikueta, Alonso, David Luiz, Barkli (Kovachich, 76), Jorjino, Villian (Azar, 69), Loftus-Chik, Pedro, Iguain (Jiru, 84).
Ogohlantirish: Jorjino (30).

Byornli – Arsenal 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar:
0:1 – 52 Obameyang, 0:2 – 63 Obameyang, 1:2 – 65 Barns, 1:3 – 90 Nketia.
Byornli – Xiton, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Kork, Xendrik (Breydi, 82), Vestvud, Vud (Krauch, 77), Barns, Maknil (Gudmundsson, 64).
Arsenal – Leno, Monreal, Lixtshtayner, Mavropanos (Koselni, 34), Mustafi, Genduzi, Uillok (Nketia, 62), El-Nenni, Ivobi, Mxitaryan, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Xiton (3), Barns (22), Tarkovski (45), Louton (48), Genduzi (52), Kork (75).

Manchester Yunayted – Kardiff 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 23, penalti Mendes-Leyng, 0:2 – 54 Mendes-Leyng.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot (Valensiya, 74), Djons (Marsyal, 46), Smolling, Yang, Pogba, Pereyra (Gomes, 74), Grinvud, Maktomini, Lingard, Reshford.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bennett, Manga, Pelter, Gunnarsson (Richards, 58), Bakuna, Rid, Merfi, Mendes-Leyng (Xoylett, 80), Zoxore (Uord, 74).
Ogohlantirishlar: Bakuna (28), Pereyra (44), Pogba (61), Merfi (61), Lingard (71), Morrison (90).

Sauthempton – Haddersfild 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 41 Redmond, 1:1 – 55 Pritchard.
Sauthempton – Gann, Stivens, Bednarek, Bertran, Valeri, Uord-Prouz, Xeyberg, Romeu (Sims, 84), Redmond, Long (Targett, 46), Ingz (Ostin, 76).
Haddersfild – Koulmen, Shindler, Gorens-Stankovich, Smit, Kongolo, Muy, Bakuna (Deyli, 66), Pritchard (Mune, 86), Xogg, Mbenza, Grant.
Ogohlantirish: Hogg (84).

Tottenhem – Everton 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 3 Dayer, 1:1 – 69 Uolkott, 1:2 – 72 Tosun, 2:2 – 75 Eriksen.
Tottenhem – Loris, Devis, Uoker-Piters, Alderveyreld, Dayer, Sissoko, Lamela (Skipp, 77), Alli (Vanyama, 46), Eriksen, Lukas Moura, Lorente (Yanssen, 77).
Everton – Pikford, Zuma, Mina, Kin, Din, Bernard (Lukman, 65), Guye (Andre Gomesh, 65), Sigurdsson, Shnayderlin, Uolkott, To‘sun.
Ogohlantirishlar: Shnayderlin (71), Din (90).

Uotford – Vest Hem 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar:
0:1 – 15 Nobl, 0:2 – 39 Lansini, 1:2 – 46 Deulofeu, 1:3 – 71 Arnautovich, 1:4 – 78, penalti Nobl.
Uotford – Foster, Femeniya, Ketkart, Kabasele (Mariappa, 78), Xolebas, Dukure, Kapu, Xyuz (Mazina, 67), Pereyra, Deulofeu (Grey, 59), Dini.
Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Masuaku, Frederiks (Sabaleta, 26), Rays (Sanches, 79), Lansini (Uilsher, 67), Nobl, Antonio, Felipe Anderson, Arnautovich, Diop.
Ogohlantirish: Kapu (90).
Chetlatish: Xolebas (48).

Turnir jadvalidagi holat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliyada mavsum tugadi. YeChL va Yevropa Ligasi ishtirokchilari aniq bo‘ldi