
“Real” klubi safarda “Real Sosedad” bilan bahs yuritdi. “Anoeta” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.
Dastlab mehmonlar 6-daqiqada Braim Diasning golidan so‘ng oldinga o‘tib olishdi. Biroq 26-daqiqada Mikel Merino muvozanatni tikladi.
Buning ustiga 39-daqiqada madridliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Xesus Valexo darvoza tomon ketayotgan to‘pni qo‘llari bilan qaytarib qoldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Ammo Villian Jozening penaltidan yo‘llagan zarbasini Tibo Kurtua bartaraf etdi.
Ikkinchi bo‘limda ham mezbon faol bo‘lishdi va bu o‘z samarasini berdi. 57-daqiqada Xoseba Saldua san-sebastianliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib, Ander Barrenechea jamoasining uchinchi golini urdi.
O‘yin yakunlanishi arafasida qaymoqranglilar biroz faollikni oshirishdi, biroq raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.
Shu tariqa, “Real” 68 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
Real Sosedad – Real Madrid 3:1
Gollar: 0:1 – 6 Braim Dias, 1:1 – 26 Merino, 2:1 – 57 Saldua, 3:1 – 67 Barrenechea.
Real Sosedad – Ruli, Moreno, Munos, Saldua (Yanuzay, 68), Lorente, Pardo (Ilyarramendi, 77), Merino, Subeldiya, Oyarsabal, Barrenechea (Xuanmi, 87), Villian Joze.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Marselo, Valexo, Nacho, Kroos, Isko (Modrich, 56), Braim Dias (Vaskes, 65), Kazemiro, Asensio (Vinisius Junior, 76), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (42), Subeldiya (59), Kazemiro (75).
Chetlatish: Valexo (39).
Real MadridReal SosedadO'yin NatijalariGollar TarixiStadion BahsFutbol Yangiliklari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar