20:38 / 15.05.2019
3 284

«Buxoro» Ashurmatovni iste’foga chiqardi. Uning o‘rniga nomzod ham aniq

«Buxoro» Ashurmatovni iste’foga chiqardi. Uning o‘rniga nomzod ham aniq
«Buxoro» bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni iste’foga chiqargan. Bu ma’lumotni Tribuna.uz manbasi tasdiqladi. Klub bosh murabbiylikka bir qator murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha «Buxoro»ni boshqarish uchun asosiy nomzod Igor Shkvirin bo‘lib turibdi.

«Buxoro» Superliganing 8-turidan so‘ng 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarda bir marta g‘alaba qozongan xolos. Ashurmatov shogirdlari chempionatning oxirgi 4 ta o‘yinida 3 marta mag‘lub bo‘lib, 1 o‘yinda durang o‘ynashdi. O‘tgan yil OKMK bilan O‘zbekiston Kubogida g‘olib bo‘lgan Ashurmatov mavsum boshlanishi oldidan «Buxoro»ni qabul qilib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Buxoro» Ashurmatovni iste’foga chiqardi. Uning o‘rniga nomzod ham aniq