
Madridning "Real" klubi mavsumlar oralig‘ida sotib olishni rejalashtirgan futbolchilar uchun qancha mablag‘ sarflashi ma’lum bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” yozda futbolchilar sotuvidan 200 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Yangi futbolchilar sotib olish uchun esa ushbu mablag‘ga yana qo‘shimcha 100 million yevro qo‘shiladi.
Biroq, agar Neymar transferga qo‘yiladigan bo‘lsa, ushbu mablag‘ yanada ortishi mumkin. Boisi, madridliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga bor e’tiborini qaratishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" allaqachon Rodrigo ("Santos") va Eder Militaolarning ("Portu") transferi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Hozirda esa Eden Azar ("Chelsi") bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing