
Germaniya chempionatining so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
“Bavariya” klubi o‘z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qildi. “Alyans Arena”da kechgan bahsda myunxenliklarning qo‘li baland keldi.
Mezbonlarning gollariga Kingsli Koman, David Alaba, Renatu Sanshesh, Frank Riberi va Ariyen Robbenlar muallif bo‘lishdi. Frankfurtliklarning yagona golini Aller kiritdi.
Parallel kechgan bahsda Dormundning “Borussiya” klubi safarda “Borussiya M” bilan bahs yuritdi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishish arfasida Jeydon Sancho mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Marko Roys hisobni oshirdi. Biroq bu g‘alaba “arilar”ga tatimadi.
Shu tariqa, “Bavariya” ochkolarini 78 taga yetkazib olgan holda chempionlikni tantana qildi. “Borussiya” (76) esa ikkinchi pog‘onada qoldi.
Bundesliga, 34-tur
Bavariya – Ayntraxt F 5:1 (1:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 4 Koman, 1:1 – 50 Aller, 2:1 – 53 Alaba, 3:1 – 58 Sanshesh, 4:1 – 72 Riberi, 5:1 – 78 Robben.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Alaba, Kimmix, Zyule, Goretska (Sanshesh, 37), Koman (Riberi, 61), Gnabri (Robben, 67), Alkantara, Levandovski, Myuller.
Ayntraxt F – Trapp, da Koshta, Abraam, Xinteregger, Xasebe, Kostich, Fernandes, Gachinovich, de Guzman (Aller, 46), Rebich (Torro, 64), Yovich.
Ogohlantirishlar: Xinteregger (36), Xasebe (51), Alkantara (69), Riberi (73).
Borussiya M – Borussiya D 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45 Sancho, 0:2 – 54 Roys.
Borussiya M – Zommer, Bayer, Vendt, Elvedi, Ginter, Zakariya, Kramer (Shtrobl, 63), Azar (Xerrmann, 75), Xofmann, Traore (Plea, 66), Drmich.
Borussiya D – Byurki, Akandji, Gerreyru, Pishchek, Vitsel, Sancho (Daud, 87), Getse (Pako Alkaser, 75), Pulishich, Roys (Shmelser, 83), Dileyni, Vaygl.
Ogohlantirishlar: Kramer (16), Dileyni (32).
Manba: uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar