Superliganing 9-turida doirasida “Nasaf”- “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun haqli g‘alabaga erishdik. Kutilgan o‘yinni namoyish etib, ko‘plab xavfli vaziyatlarni yarata oldik. Yigitlar ko‘rsatgan o‘yindan, natijadan mamnunman. Kiritilgan ikkita goldan tashqari yana ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ulardan samarali foydalanganimizda hisob bundanda yirik ko‘rinishi hosil qilishi mumkin edi. Muhimi bugun bizga g‘alaba kerak edi va biz bunga erishdik...
Bugun Umidjon Ergashevga imkon berdik. U ruhiy tushkunlikka tushmasligi uchun bu zarur edi. Bugungi bahsda u yomon harakat qilmadi. Tarkibimizda to‘rt nafar yosh darvozabonlar bor. Biz ularga ishonamiz va barchasiga imkon beramiz.
To‘g‘ri, Humoyun Murtazoyev qulay imkoniyatlardan foydalan olmagan holatlar ham bo‘ldi. Ammo bugun u ikkita gol urib, g‘alabamizni ta’minladi. Bobir Abduholiqov jarohati bois o‘yin amaliyotisiz qoldi. U 4 kundan buyon umumiy guruhda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Kecha o‘rinbosarlar safida bir bo‘lim o‘ynadi. Bugun ham unga imkon berdik. O‘ylaymanki, u hali o‘z so‘zini aytadi.
Manba: fcnasaf.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin