00:17 / 27.05.2019
3 346

Andrey Kanchelskis: "Bunaqa hakamlarni umrbod futboldan chetlatish kerak"

Andrey Kanchelskis: "Bunaqa hakamlarni umrbod futboldan chetlatish kerak"
Xabaringiz bor bundan biroz avval Coca-Cola Superligasining 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” hamda “Andijon” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Vodiy derbisida kuchlar teng keldi – 1:1.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Sharmandali hakamlikdan so‘ng yana ikki ochko yo‘qotdik. Darvoza tomon ketayotgan to‘pni ikki qo‘llab to‘sish...uyat. Bunday hakamlarni umrbod futboldan chetlatish kerak. Yuziga to‘p tekkan futbolchi besh daqiqa maydonda yotibdi. To‘p kimnidir o‘ldirganini bilmayman. Bunday holatlar futbolchilarning o‘zlari uchun uyat emasmi. Aytingchi menga kimnidir tez yordam mashinasi olib ketdimi, kimnidir qo‘li yoki oyog‘i sindimi? Haqiqiy futbolchi bunday qilishdan uyalishi kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "Bunaqa hakamlarni umrbod futboldan chetlatish kerak"