
Tez orada "Nyukasl" klubining xo‘jayini o‘zgaradi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Birlashgan Arab Amirliklari qirollik oilasi a’zosi hisoblangan shayx Holid bin Zayid Al Naxayyon ushbu APL klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu unga 350 million funtga (deyarli 400 million yevro) tushadi. Ayrim manbaalarga qaraganda “qarg‘alar”ning hozirgi xo‘jayini Maykl Eshli kecha kerakli hujjatlarni imzolagan.
Ma’lumot uchun, shayx Al Naxayyon "Manchester Siti" klubi xo‘jayini shayx Mansurning amakivachchasi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar