
Hozirgina Yevropa ligasi final uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Angliyaning "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi.
Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida kechgan uchrashuvda "aristokratlar" 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Olive Jiru, Eden Azar (2 ta) hamda Pedrolar tomonidan kiritilgan gollarga "to‘pchilar" safida Ivobi bir bor javob qaytardi xolos.
Shu tariqa "Chelsi" o‘z tarixida ikkinchi bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi. "Ko‘klar" 2013 yilda ham Yevropaning klublar miqyosidagi ikkinchi darajali kubogini qo‘lga kiritgan edi. "Arsenal" esa ikkinchi bor Yevropa ligasi (UYeFA kubogi) finalida mag‘lub bo‘ldi.
"Chelsi" – "Arsenal" 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 - 49 Jiru, 2:0 - 60 Pedro, 3:0 - 65, penalti Azar, 3:1 - 69 Ivobi, 4:1 - 72 Azar.
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Dzapakosta, 89), Jiru.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal (Genduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar