Isko 40 mln yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin


Angliyaning "Manchester Siti" klubi Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Iskoni sotib olishga jiddiy kirishmoqda.
Bu haqida UFF nashri xabar tarqatdi.
"Shaharliklar"ning ijrochi direktori Ferran Soriano mazkur transfer borasida Madridda muzokara o‘tkazgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Manchester Siti" rahbariyati futbolchi uchun 40 million yevro bermoqchi.
Inglizlar bu borada "PSJ" taklifidan kam bo‘lmagan pulni berishga rozi ekanliklari aytilgan.































Izohlar 0
…