Joshua - Ruis revansh jangi haqida ma’lumot berildi

Endilikda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining bugungi mag‘lubiyati va revansh jangiga to‘xtalib o‘tdi.
"Bugungi jangda Joshua kayfiyati tushgandek ko‘rindi. Jang davomida yaxshi hujumlar tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin yakuniy zarbalarni ko‘rmadik. Ha, bugun uning kuni emasdi. Ishonchim komil, u albatta kuchli bo‘lib qaytadi.
Biz meksikalikka qarshi revansh jangini shu yilning o‘zidayoq o‘tkazamiz. Jang noyabr yoki dekabr oyida Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi. Ruis? U bugun o‘zining eng yaxshi jangini o‘tkazdi. Bir narsa aniqki, bu jang tarixga kiradi", - dedi Xirn. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing