Ispaniya chempionatida “Atletiko” “Barselona”ga etib oldi

Ispaniya chempionatida “Atletiko” “Barselona”ga etib oldi
Ispaniya chempionatida “Atletiko” “Barselona”ga etib oldi

Ispaniya chempionatining 17-tur doirasida Madridning “Atletiko” jamoasi “Levante”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. To‘plarni mezbonlar safida Antuan Grizmann (18 va 47 daq.) hamda Diego Godin (82 daq.), mehmonlar safida esa Nobil Al-Zxar (62 daq.) kiritdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

“Atletiko” ushbu g‘alabasi tufayli to‘plangan ochkolar soni 38 ochkoga yetkazib, musobaqa jadvalining 2 o‘rnida ketayotgan “Barselona”ga etib oldi. Chempionat jadvalida Madridning “Real” jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Keyingi turda, 11 yanvar kuni “Atletiko” mehmonda “Barselona” bilan kuch sinashadi, “Levante” esa o‘z maydonida “Deportivo” jamoasini kutib oladi.

Kecha turning yana 4 o‘yini o‘tkazildi va quyidagi natijalar bilan yakunlandi:

Sevilya – Selta 1 : 0
Elche – Vilyarreal 2 : 2
Deportivo – Atletik B 1 : 0
Malaga – Almeriya 1 : 2

Bugun yana 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi:

Xetafe – Rayo Valyekano
Valensiya – Real
Espanol – Eybar
Real Sosyedad – Barselona

Kordoba – Granada bahsi esa, 5 yanvar kuniga belgilangan.

foto: footballkitnews.com / kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar