
Ispaniya milliy jamoasi va «Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Sevilya» bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klubning ma’lum qilishicha, 52 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan.
Lopetegi «Sevilya» bosh murabbiyi lavozimida Xoakin Kaparrosning o‘rnini egallaydi. Kaparros avvalroq iste’foga chiqishini bildirgandi. Aprel oyida unda qon saratoni aniqlangan.
La Liganing ortda qolgan mavsumida Andalusiya jamoasi o‘zidan oldingi «Xetafe» bilan teng ochko to‘plagan holda 6-o‘rinni band etdi. Klub keyingi mavsumda Yevropa ligasi guruh bosqichida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Xulen Lopetegi 2018 yil oktyabr oyida «Real»dagi to‘rt oylik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqarilgandi. U faoliyati davomilda «Portu» bosh murabbiyi sifatida ishlagan, Ispaniyaning milliy va turli yoshdagi terma jamoalarini boshqarib, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar