date
views 3 006

O‘zil Emeriga: "Sen murabbiy emassan!"

O‘zil Emeriga: "Sen murabbiy emassan!"
Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil londonliklar bosh murabbiyi Unai Emeridan norozi bo‘ldi.

O‘zil Yevropa Ligasi finali doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:4) zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgan. Futbolchi 78-daqiqada zaxiraga olingan va shundan keyin Emeriga: “Sen murabbiy emassan” degan.

Mavsum davomida O‘zil va Emeri o‘rtasida kelishmovchilik borligi haqida mish-mishlar yangragandi. 30 yoshli futbolchi jamoasining asosiy o‘yinlarida maydonga deyarli tushmagan edi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zil Emeriga: "Sen murabbiy emassan!"