
Bugun Yevro-2020 saralash bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan biroz oldin "I" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Rossiya hamda San-Marino jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Saranskdagi "Mordoviya-Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasi tomon javobsiz 9 ta to‘p kiritishdi.
Shu tariqa ruslar o‘z tarixlaridagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Rossiya – San-Marino 9:0 (4:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 25, avtogol Chevoli, 2:0 – 31, penalti Dzyuba, 3:0 – 36 Kudryashov, 4:0 – 41 Miranchuk, 5:0 – 73 Dzyuba, 6:0 – 76 Dzyuba, 7:0 – 77 Smolov, 8:0 – 83 Smolov, 9:0 – 88 Dzyuba.
Rossiya – Gilerme, Djikiya, Fernandes, Semenov, Kudryashov, Zobnin (Barinov, 73), Ozdoyev, Golovin, Miranchuk (Smolov, 60), Miranchuk (Ionov, 61), Dzyuba.
San-Marino – Benedettini, Grandoni, Vitayoli, Chevoli, Palatssi (Chenzoni, 51), Golinuchchi (Lunadei, 64), Battistini, Mularoni, Golinuchchi, Vitayoli, Rinaldi (Tomassini, 56).
Ogohlantirishlar: Rinaldi (11), Mularoni (17). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar